YENGIL ATLETIKADA HAM TALABALARIMIZ O‘ZBEKISTON KUBOGI SOVRINDORI! 

🟢O‘tgan hafta Urganch shahri mezbonligida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi talabalarimiz uchun haqiqiy g‘alabalar maydoniga aylandi.

Musobaqada munosib ishtirok etgan sportchilarimiz yuksak mahorat, matonat va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishonch bilan maydonga tushib, 3 ta oltin, 9 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

 🏆 G‘olib va sovrindor sportchilarimiz:

🥇🥈 • Ro‘ziyeva Mohinabonu — 2 ta oltin, 1 ta kumush

🥇🥈• Xolliyev Soib — 1 ta oltin, 2 ta kumush

🥈• Oltiboyev Islombek — 2 ta kumush

🥈• Jo‘raqulov Anvar —2 ta kumush

🥈• Eshqulova Sevara — 1 ta kumush

🥈• Qorjovova Laziza — 1 ta kumush

🥉• Radjapov Jahongir — 1 ta bronza

Ushbu yuksak natijalar sportchilarimizning mehnati, sabot-matonati hamda murabbiylar jamoasining fidoyiligi samarasidir.

Barcha g‘olib va sovrindorlarimizni chin dildan tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 38

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil