ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 585 YILLIGI — TERDUDA KENG NISHONLANMOQDA! 

🟢Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi turli tadbirlar, tanlov va musobaqalar o‘tkazilmoqda. 

🟢O‘zbek filologiyasi fakultetida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlov yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va Navoiy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. 

🟢Fizika-matematika fakultetida jamoaviy test musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar bilim, jamoaviylik va tezkor fikrlash borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. 

🟢Tarix hamda ijtimoiy fanlar fakultetlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, unda Alisher Navoiyning o‘lmas ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Tadbir davomida g‘azal va ruboiylar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi. 

🟢Ushbu tadbirlar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda Alisher Navoiy ijodini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 39

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil