TerDUda “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

Termiz davlat universitetida talabalar uchun biznes vakillari hamda bank-moliya muassasalari mas’ullari ishtirokida “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida mutaxassislar yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, biznes g‘oyalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish mexanizmlari, kredit va imtiyozlar, shuningdek, startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar bilan tanishtirdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  soha vakillaridan atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Samimiy muloqot jarayoni talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil biznes boshlashga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi. Bunday seminarlar yoshlarning kelgusida raqobatbardosh mutaxassis va faol tadbirkor bo‘lib yetishishida muhim qadam hisoblanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 39

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil