Termiz davlat universiteti va M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida Fakultetlararo chet tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Mazkur dasturning asosiy maqsadi — xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy metodikalar, innovatsion pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishdan iborat.

Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi universitetimiz professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish bilan birga, ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.