TERDU YANA BIR BOR G‘ALABA MINBARIDA! 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rik-tanlov san’atning bir nechta yo‘nalishlarini qamrab olib, iste’dod va mahorat bellashuviga aylandi. Mazkur nufuzli tanlovda yurtimizning turli hududlaridan va xorijiy davlatlardan kelgan eng iqtidorli yoshlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlovning xoreografiya yo‘nalishida talabamiz Mardaeva Go‘zal faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Tanlov Nizomiga muvofiq, ishtirokchilar bir necha yo‘nalish va yosh toifalari bo‘yicha baholanib, diplomlar, medallar, xalqaro sertifikatlar hamda Gran-pri sovrinlari bilan taqdirlandilar. Eng munosiblar respublika va xalqaro miqyosdagi ijodiy loyihalar, shuningdek, “Mening yurtim” va “Renessans” teleloyihalarida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Termiz davlat universiteti jamoasi Mardaeva Go‘zalni ushbu yuksak natija bilan chin qalbdan tabriklaydi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 39

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil