O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi D. Umarov tomonidan universitetimizda ta’lim sifati bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida Umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan agentlik vakili va universitet rahbariyati ishtirokida Kimyo hamda Axborot texnologiyalari fakultetlarida yig‘ilishlar tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilarning ta’lim sifati, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.
📊 Ma’lumot uchun: talabalar o‘rtasida ta’lim sifati bo‘yicha so‘rovnoma 22–23-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📝 Sizdan mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishingiz, savollarga vijdonan, to‘g‘ri va mas’uliyat bilan javob berishingiz so‘raladi. So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilib, uning natijalari tahlil qilinadi hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanadi.
✍️ Barchani so‘rovnomalarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!