Termiz davlat universiteti Kengashining 6-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dastlab Kengash raisi A. Toshqulov yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum yetarli ekanligini ta’kidlab, kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha reglamentni belgilab Kengash a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazdi. 

Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi va muhokama qilindi: 

Ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash bo‘yicha Universitet ishchi komissiyasi majlisi bayonnomasini tasdiqlash;

2026-yil uchun qabul qilingan tayanch doktorant (PhD), doktorant (DSc), stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari hamda nazariy-metodologik dasturlarini tasdiqlash;

O‘quv-uslubiy boshqarmaning yangi tuzilmasini tasdiqlash; 

Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, alohida iqtidorga ega, xorijiy tilda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan, TOP OTMlarni tamomlagan hamda ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassis kadrlarni o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat berish;

Doktoranturani muvaffaqiyatli tamomlagan va ilmiy ishini yakunlash arafasida bo‘lgan xodimlarni tanlovgacha ishga qabul qilish; 

Universitetning 2025-yil uchun biznes rejasi, daromad va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash; 

Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 43

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 40

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil