“Men kelajakda tanlagan kasbim bo‘yicha O‘zbekistonning faxri bo‘laman”

Termiz shahar 2-sonli akademik litseyida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Men kelajakda tanlagan kasbim bo‘yicha O‘zbekistonning faxri bo‘laman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzu doirasida mazmunli ma’ruzalar qilindi. Jumladan, tarix fanlari doktori, professor S.N. Tursunov hamda universitet professor-o‘qituvchilari kasb tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, yoshlarning qiziqishlari va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi uyg‘unlik haqida atroflicha fikr bildirdilar.

Shuningdek, tadbir jarayonida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ma’rifiy chiqishlar namoyish etilib, tadbir interaktiv va mazmunli ruhda o‘tdi.

Tadbir yakunida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan 100 tadan ortiq kitob Termiz davlat universitetiga qarashli 2-sonli akademik litsey kutubxonasi fondiga sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 43

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 40

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil