“Zamonaviy yigit — Vatan, oila va jamiyat posboni”

TerDU rektori Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Kakaydi garnizonida bo‘lib, Vatan himoyasida xizmat qilayotgan mard va jasur askarlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi

“Zamonaviy yigit — Vatan, oila va jamiyat posboni” mavzusida tashkil etilgan ochiq muloqotda bugungi yigitlarning zimmasidagi mas’uliyat, burch va fidoyilik haqida oddiy, hayotiy va yurakka yetib boradigan fikrlar bildirildi. Har bir askarning Vatan oldidagi xizmatini sharaf bilan ado etishi, ota-ona ishonchini oqlashi va kelajakda jamiyat tayanchi bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida askarlar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borilib, ularni qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar asosida atroflicha javoblar berildi. Bu muloqot askarlarga nafaqat ma’naviy kuch, balki kelajakka bo‘lgan ishonch va qat’iyat bag‘ishladi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida A.Toshqulov tomonidan harbiy qism kutubxonasiga badiiy va noyob kitoblar tuhfa etildi. Mazkur kitoblar askarlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shubha yo‘qki, bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 40

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil