TerDUda attestatsiya jarayonlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri yakunlari bo‘yicha attestatsiya jarayonlari 2026-yil 12-yanvardan boshlandi.

Attestatsiya haftaligi 12–24-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 8 405 nafar talaba 1 352 ta fan bo‘yicha imtihon topshiradi.

Imtihonlar maxsus jihozlangan auditoriyalarda video va audio kuzatuv ostida, yozma, test, amaliy va og‘zaki shakllarda o‘tkazilmoqda. Baholash jarayonlari xolis professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Baholashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida HEMIS axborot tizimida baholarni kiritishning yangi tartibi joriy etilgan.

Attestatsiya jarayonlari adolat va ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 40

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil