“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”

TerDUda “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. 

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri hamda harbiy aslaha va maxsus texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Mazkur tadbir Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Termiz davlat universiteti hamkorligida o‘tkazildi. Universitet kampusida Ichki ishlar organlari va Qurolli Kuchlarning zamonaviy maxsus texnika va qurol-aslahalari namoyish etildi. 

Stadionda tashkil etilgan tantanali marosimda Ichki ishlar organlari xodimlari va universitet talabalari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi. 

Shuningdek, IIB qarashli maxsus xizmatlar  hamda Temurbeklar maktabi o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. 

Tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 40

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil