Rektor va doktorantura bitiruvchilari uchrashuvida ilmiy natijalar tahlil qilindi

Universitetda 2025-yil yakuniga ko‘ra o‘qish muddatini tamomlagan doktorantlar bilan rektor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda doktorantlar, ularning ilmiy rahbarlari hamda mas’ul kafedra mudirlari ishtirok etdi.

📊Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yakunida universitetning oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari bo‘yicha jami 45 nafar tayanch doktorant (shundan 6 nafari maqsadli tayanch doktorant) va 2 nafar doktorant o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi.

✔️Yig‘ilish avvalida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari faoliyati samaradorligi yuzasidan tahliliy xulosalar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida rektor A.Toshqulov himoya jarayoni kechikayotgan tadqiqotchilar bilan bog‘liq muammolarni chuqur o‘rganish, ularga individual yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur uchrashuv ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 24

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil