Faxriy ustozlar bilan samimiy uchrashuv

2026-yil ostonasida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov universitetning faxriy ustozlari, mo‘tabar oqsoqollari, dekanlar va kafedra mudirlari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida 2025-yil yakunlari sarhisob qilinib, universitet tarixida ilk bor amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, strategik qarorlar va salmoqli yutuqlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. 

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-386-sonli  "Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida  universitet infratuzilmasi, ta’lim, ilm-fan, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar sohalarida yuz milliardlab so‘mlik loyihalar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Jumladan:
— Darband o‘quv-amaliyot bazasining kengaytirilishi hamda ekstremal turizm va mikro GES loyihalarining yo‘lga qo‘yilishi;
— Quyosh panellarini to‘liq ishga tushirish;
— Professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy sanatoriy-oromgoh tashkil etilishi;
— Yapon–o‘zbek ta’lim muassasasi va Sun’iy intellekt markazi ochilishi;
— Fanlar akademiyasi filialining TerDU bazasida tashkil etilishi kabi tarixiy qarorlar e’tirof etildi. 
Shuningdek, 2025-yilda ta’lim sifatini oshirish, yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, raqamli universitetga o‘tish, xalqaro reytinglarda ishtirok etish va investitsiyalar jalbi borasida erishilgan muhim natijalar qayd etildi. 

Rektor o‘z nutqida bu yutuqlar zamirida jamoaning birdamligi, faxriy ustozlarning duosi va qo‘llab-quvvatlashi mujassam ekanini ta’kidlab, 2026-yilda yanada ulkan marralar sari birgalikda intilishga chorladi. Uchrashuvdan so‘ng barcha ishtirokchilar uchun fayzli dasturxon yozilib, ehson oshi tarqatildi. 

Samimiy muloqot, ezgu tilak va duolar bilan yo‘g‘rilgan ushbu tadbir yuksak ma’naviy ruhda o‘tdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 40

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil