Ezgu amal duolar-barqarorlik va taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Bugun Termiz davlat universiteti rektorining ko‘rsatmasiga muvofiq, universitetning faxriy ustozlari va mo‘tabar nuroniylari Al Hakim At-Termiziy ziyoratgohida bo‘lishdi. Muqaddas qadamjoda faxriy ustozlarimiz qalbdan chiqqan ezgu duolarini ifoda etdilar. 

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va barqaror taraqqiyot kabi bebaho ne’matlar doimiy bo‘lishini tilab, bu ulug‘ ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan Yurtboshimiz haqqiga samimiy duolar qilindi. Ziyorat asnosida aytilgan har bir duo — Vatan ravnaqi, yoshlar kamoli va ilm-ma’rifat yo‘lidagi ezgu maqsadlarimizga ma’naviy kuch bag‘ishlaydi. 

Bu kabi ma’naviy tadbirlar universitet hayotida avlodlar vorisligi, ustozlarga ehtirom va milliy qadriyatlarga sadoqat timsoli hisoblanadi. 

Duolar qabul bo‘lsin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! TerDU — ma’naviyat va taraqqiyot uyg‘unligida

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 22

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 31

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil