TerDU professor-o‘qituvchilari xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Bugungi kunda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, xususan, Sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash va kasbiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro forumda  TerDU professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir doirasida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari rivojlantirishi zarur bo‘lgan zamonaviy kasbiy ko‘nikmalar,
ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda sun’iy intellektning o‘rni,
PRESETT mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

TerDU professor-o‘qituvchilarining ushbu nufuzli xalqaro tadbirdagi ishtiroki universitetimizning ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik va innovatsion yondashuvlarga sodiqligini yana bir bor namoyon etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 76

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 54

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 65

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil