Rektor huzurida Milliy libos va san’at fakultetining tahliliy yig‘ilishi o‘tkazildi

Rektor huzurida Milliy libos va san’at fakultetining tahliliy yig‘ilishi o‘tkazildi Yig‘ilish avvalida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kungacha fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritib kelgan To‘rayev Xumoyiddin boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning o‘rniga fakultet dekani lavozimiga tayinlangan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mutalib Mirzayev jamoaga tanishtirildi.

Prorektorlar, boshqarma boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan yig‘ilishda rektor tomonidan fakultetning ilmiy va pedagogik salohiyati, KPI ko‘rsatkichlari, xalqaro hamkorlik holati hamda talabalar bilan ishlash tizimi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, fakultetda 2025/2026-o‘quv yili holatiga ko‘ra 60 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 17 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, fakultetning ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 28,3 foizni tashkil etadi.

Xorijiy investitsiyalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha fakultetga 450 ming AQSH dollari miqdorida reja belgilangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 394 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ (88 foiz) jalb etilgan. Fakultetlar kesimida 16 ta pullik kurs faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha fakultet 1-o‘rinda turibdi.

Yig‘ilish yakunida fakultet faoliyatiga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi:
🟢 ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
🟢 spin-off asosida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
🟢 KPI ko‘rsatkichlarini oshirish;
🟢 xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 76

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 55

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 65

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil