Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Nazirov Shohjohon Sobirovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Analitik kimyo" ixtisosligi bo‘yicha “Murakkab aralashmalar tarkibidagi Cu(II), Zn(II) va Ni(II) ionlarini 7-brom-2-nitrozo-1-gidroksinaftalin-3,6-disulfokislotasi yordamida spektrofotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish” mavzusida kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Shohjohon Sobirovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!