TerDUda sahna ortidagi fidoyilariga e’zoz ko‘rsatildi

Yangi yil munosabati bilan rektorimiz  300 nafardan ortiq xo‘jalik va texnik xodimlar bilan  uchrashib, samimiy suhbat qurdi.

A.Toshqulov kampusdagi tozalik, saranjomlik, obodonchilik va yordamchi xo‘jaliklardagi mashaqqatli mehnati bilan TerDU ko‘rkamligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘pincha sahna ortida qoladigan fidoyi xodimlar bilan uchrashishni o‘zining nafaqat rahbarlik, balki insoniy burchi deb bilishini ta’kidladi.

Samimiy muloqotlar davomida xo‘jalik va texnik xodimlarning ezgu mehnati yuksak e’tirof etildi. Shuningdek, ularning oylik ish haqlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda moddiy rag‘batlantirish masalalari 2026-yil uchun muhim vazifalar sifatida belgilab olinganligi maʼlumot sifatida keltirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga yangi yil tabriklari yo‘llanib, rektor boshchiligidagi universitet mas’ullari xodimlar bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lishdi. Nonushtadan so‘ng har bir xodimga universitetning bayram sovg‘alari topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil