Termiz davlat universitetida Yangi yil karnavali ko‘tarinki ruhda o‘tdi!

Termiz davlat universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan Yangi yil karnavali talabalar uchun chinakam bayramona kayfiyat ulashdi. Universitet hududi turli xil chiroqlar bilan bezatilib, ishtirokchilarga ertaknamo ko'rinish kasb etdi.

Bayramda universitetning barcha fakultetlaridan faol, ijodkor va iste’dodli talabalar ishtirok etib, o‘zlarining betakror chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari, raqs va sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Har bir chiqish yangi yil kayfiyatini yanada oshirib, barchaga iliq taassurotlar ulashdi.

Shuningdek, turli qiziqarli shartlar va musobaqalar, jarangdor va zamonaviy musiqalar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbirning eng kutilgan lahzalaridan biri esa Qorbobo va Qorqizning tashrifi bo‘lib, ular tomonidan ulashilgan sovg‘alar talabalar yuzida tabassum va quvonch uyg‘otdi. 

Mazkur Yangi yil karnavali do‘stlik va birdamlikni mustahkamlash hamda yangi yilga katta umid va ezgu niyatlar bilan qadam qo‘yish imkonini berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil