Termiz davlat universiteti "Matematik analiz" kafedrasi tayanch doktoranti Ergasheva Sarvinoz Baxtiyor qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Differensial tenglamalar va matematik fizika" ixtisosligi bo‘yicha “Задачи с недостающим условием Гурса для вырождающихся гиперболических уравнений и с недостающим условием Геллерстедта для уравнений смешанного типа с сингулярным коэффициентом” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Ergasheva Sarvinoz Baxtiyor qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!