Ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

🎓Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari ilmiy tajriba almashish maqsadida Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida talabalar TerDU huzuridagi Ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilgan amaliy natijalar hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

✔️Ilmiy markazda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologik uskunalar va laboratoriya jihozlari yoshlar e’tiborini tortdi hamda ularda ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

📈Mazkur tashrif Termiz davlat universiteti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi  doirasida tashkil etildi.

Ushbu hujjat asosida bugungi kunda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar hamkorligini mustahkamlash hamda istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil