Termiz davlat universiteti Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Xabar qilinganidek, kecha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashuv o‘tkazib, iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimida ham yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan edi.

Mazkur muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda yirik investorlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Xitoyning Janubi-g‘arbiy universiteti bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida xitoy tilini o‘qitish markazini tashkil etish, sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xitoylik mutaxassislar ishtirokida darslar va master-klasslar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar uchun Xitoyda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilm-fan hamda investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil