Ma’naviyatli o‘quvchi — O‘zbekistonning kelajakdagi yetuk mutaxassisi

Shaharimizdagi 1-son umumta’lim maktabida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ma’naviyatli o‘quvchi — O‘zbekistonning kelajakdagi yetuk mutaxassisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tarix fanlari doktori, professor S.Tursunov, tarix fanlari falsafa doktori Z.Annayeva hamda maktab jamoasi faol ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar ma’naviyati, tarixiy xotira, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, bilimli va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan 52 nomdagi kitob maktab kutubxonasi fondiga sovg‘a qilindi.

Mazkur tadbir ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil