“YOSH CHEGARACHILAR”

“YOSH CHEGARACHILAR” BILAN UCHRASHUV: VATANGA SODIQLIK, INTIZOM VA MARDLIK SABOQLARI

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 15-dekabrdan 15-yanvargacha vatanparvarlik oyligi o'tkazilmoqda, ushbu oylik doirasida  Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida TerDU rektori A.Toshqulov ishtirokida  yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv samimiy, chuqur ma’naviy va hayotiy mazmunda o‘tdi. Rektor o‘z chiqishida yoshlarga rasmiy nutq emas, balki yurakdan chiqqan fikrlar bilan murojaat qilib, ularni Vatan ishonchini oqlashi lozim bo‘lgan avlod sifatida baholadi.

📑 “Sizlar oddiy o‘quvchi emassizlar. Sizlar — ertangi qaror qabul qiluvchilar, ertangi chegara qalqoni, ertangi ota va rahbarlarsiz”, — deya ta’kidladi rektor.

Muloqotda buyuk ajdodlarimiz merosiga tayanib, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro kabi tarixiy shaxslar misolida haqiqiy erkaklik, mardlik va intizom mohiyatini yoshlarga tushuntirdi.

➡️Uchrashuv yakunida yoshlarga quyidagi murojaat yangradi:
📑“O‘zingizga xiyonat qilmang. Oriyatingizni asrang, intizomni hayot qoidasiga aylantiring, ota-ona duosini oling va Vatan ishonchiga munosib bo‘ling. Men sizlarga ishonaman. Eng muhimi — Vatan sizlarga ishonadi.”

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil