TerDU Kengashi: tahlil, mas’uliyat va strategik qarorlar

Bugun Termiz davlat universitetida Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish universitet taraqqiyotini belgilovchi muhim masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilish avvalida Kengash raisi A.Toshqulov kun tartibiga kiritilgan masalalarning mazmun-mohiyati va ularning universitet rivojidagi o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng:

oliy ta’limdan keyingi ta’lim izlanuvchilari faoliyatining 2025-yil yakuni bo‘yicha monitoring natijalari,

ilmiy darajaga ega ilmiy-pedagogik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishchi komissiya tarkibini tasdiqlash masalalari yuzasidan mas’ullarning ma’ruzalari tinglandi.

Muhokamalar davomida ilmiy salohiyat, kadrlar rag‘batlantirilishi va ilm-fan samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq yondashuvlar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida har bir masala bo‘yicha tegishli va strategik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilindi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil