TerDU o‘qituvchisi xalqaro raqamli arxeologiya dasturida ishtirok etmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 2025-yil 16–25-dekabr kunlari Shimoliy-G‘arbiy universitet hamda YuNESKO huzuridagi Tabiiy va madaniy meros uchun kosmik texnologiyalar xalqaro markazi (HIST) hamkorligida
“Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun raqamli arxeologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash seminari – 2025” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro ta’lim dasturida Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Shapulatov Ulugʻbek faol ishtirok etmoqda. Seminar doirasida raqamli arxeologiya sohasiga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilib, masofadan zondlash, GIS, 3D lazerli skanerlash, fotogrammetriya hamda dron (UAV) texnologiyalarini arxeologik tadqiqotlarda qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Ushbu seminar Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, arxeologik yodgorliklar va madaniy merosni raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, hujjatlashtirish va asrashga xizmat qiladi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil