Rektor huzurida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mudirlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida A.Toshqulov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va ulardan samarali foydalanish” mavzusidagi rektorlar forumi tafsilotlari va belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng o‘quv yilining yakuni, qishki ta’tilga tayyorgarlik, talabalar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvandlikning oldini olish hamda o‘quv jarayonlari samaradorligiga doir masalalar muhokama qilindi. Talabalarni ta’tilga xavfsiz kuzatish, ta’til davrida talabalar bilan uzluksiz aloqani saqlash vazifalari belgilandi. Yangi yil munosabati bilan norasmiy tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga keyingi semestrga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv kontentlarini platformalarga joylash va videodarslar tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirildi. Ta’til davrida infratuzilma bilan bog‘liq nosozliklarni bartaraf etish, kontrakt qarzdorliklarini kamaytirish, ilmiy va xalqaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomiga alohida e’tibor qaratilib, yangi yil arafasida ezgu amallarni kengaytirish, faxriylarning holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil