2025-yil 18-dekabr kuni Termiz davlat universitetida “Bolalar liboslari” nomli liboslar va eskizlar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, bolalar kiyimlari dizaynida zamonaviy va milliy yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirish, shuningdek, estetik did va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
.jpg)
Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan bolalar uchun mo‘ljallangan kundalik, bayramona va mavsumiy liboslar eskizlari hamda tayyor libos namunalari taqdim etildi. Ishlarda ranglar uyg‘unligi, mato tanlovi, qulaylik, funksionallik va yosh xususiyatlariga moslik mezonlariga alohida e’tibor qaratildi.
.jpg)
Taqdim etilgan ishlar:
•dizayn yechimi
•ijodiy yondashuv
•milliy elementlardan foydalanish darajasi va bajarilish sifati asosida baholandi.
.jpg)
Tadbir yakunida eng yaxshi deb topilgan ishlar e’tirof etilib, g‘olib va faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.