TerDU talabalari: ishlab chiqarish va biznes sari dadil qadam!

Termiz davlat universiteti hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan talaba-yoshlarda tadbirkorlik tafakkurini shakllantirish, amaliy bilim va biznes ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida biznes va ishlab chiqarish quvvatlariga sayohat uyushtirildi. 

Mazkur tashabbus doirasida universitet huzuridagi Karyera markazi mas’ullari hamrohligida Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari viloyat markazida faoliyat yuritayotgan “GLASS EXPO” MCHJ hamda “Magnate Colors Products” MCHJ kabi zamonaviy korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Talabalar muvaffaqiyatli tadbirkorlarning boy tajribasi va biznes yuritish borasidagi amaliy bilimlaridan bahramand bo‘ldilar. Ushbu suhbatlar yosh kimyogarlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, kelgusida o‘z biznes g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga bo‘lgan qiziqish va intilishni yanada kuchaytirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil