Termiz davlat universiteti "Kompyuter va dasturiy injiniring" kafedrasi tayanch doktoranti Jumayev Ramil Chorshanbiyevich Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida suv resurslaridan samarali foydalanish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish” (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusida iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Ramil Chorshanbiyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!