➡️Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati bosqichida ishtirok etgan jamoalar orasida Termiz davlat universiteti talabalar teatr jamoasi 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalar:
🥇1-o‘rin – Termiz davlat universiteti
🥈2-o‘rin – Termiz davlat pedagogika instituti
🥉3-o‘rin – Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Mazkur bosqichda oliy ta’lim muassasalarining teatr jamoalari mintaqaviy bosqich yo‘llanmasi uchun bellashdilar.
TerDU jamoasini erishilgan g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!