2025-yilning 9–12-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida A.V. Topchiyev nomidagi Neft-kimyo sintezi institutida “Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli anjumanda Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tayanch doktoranti Saidov Dilmurod muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida MDH mamlakatlari bilan hamkorlik asosida membranalar va membrana texnologiyalari sohasidagi dolzarb ilmiy yo‘nalishlar, zamonaviy yondashuvlar hamda “Atrof-muhit xavfsizligi va energiya samaradorligini ta’minlash uchun gaz va suyuqliklarni tozalash tizimlari” mavzusidagi yirik va muhim ilmiy loyihalar muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida o‘zbekistonlik konferensiya qatnashchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu uchrashuv yosh tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish, ilg‘or ilmiy ishlanmalar bilan tanishish hamda ekologiya va energiya samaradorligi yo‘nalishlarida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.
