Bitiruvchilar uchun amaliy imkoniyatlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14- fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida mas’ullar fakultetlarida bo‘lib, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminarlar tashkil etishmoqda.

TerDU qoshidagi Karyera markazi mas’ullari ATB “Milliy bank” xodimlari va Kimyo fakulteti jamoasi ishtirokida tashkil etilgan seminarlar bitiruvchi talabalarning startap loyihalarini amalda tatbiq etishda xizmat qilmoqda.  

Seminar davomida:

Talabalar tomonidan o‘z biznes g‘oyalari bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qilish tartibi;

Bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan 3 turdagi kredit paketlari — “Kelajakka qadam” (10 mln so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 mln so‘mgacha) “Yorqin kelajak sari” (1 mlrd so‘mgacha) haqida batafsil ma’lumot berildi.

E’tiborli tomoni seminar bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va kelajakdagi faoliyatida mustahkam qadam tashlashiga katta yordam berdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12-dekabr holatiga ko‘ra universitetning 196 nafar talabalariga jami 3.6 (uch milliard olti yuz million) so'mlik tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mablag' ajratildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil