Termiz davlat universiteti "O'zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi o'qituvchisi Muxtorova Mahfuza Shavkatjon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "O'zbek adabiyoti" ixtisosligi bo‘yicha "Shafoat Termiziy she'riyatida obrazlar poetikasi" mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Mahfuza Shavkatjon qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!