TERDU TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABALARI ZAMONAVIY LABORATORIYADA AMALIYOT O‘TAMOQDALAR

Termiz davlat universiteti va Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan Turkiya–Niderlandiya hamkorligidagi “ALLES SAG‘LIK GROUP” MChJga qarashli “KANI-LAB” hamda “Turk Global Centr” klinik laboratoriyalari o‘rtasida imzolangan qo‘shma memorandum asosida talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.

Talabalar “TURK. MED. LAB.” MChJ tarkibidagi zamonaviy laboratoriyada amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlab, molekulyar diagnostika, klinik tahlillar, biokimyoviy jarayonlar va laboratoriya xavfsizligi bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Hamkor tashkilot direktori Salih Gelen tomonidan talabalar uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilib, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taqdim etilmoqda.

Turkiya–O‘zbekiston ilmiy hamkorligining amaliy samarasiga aylangan ushbu tajriba yosh biologlarning kelajakdagi ilmiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil