Termiz davlat universiteti "Algebra va geometriya" kafedrasi o‘qituvchisi Xo‘jamqulov Bekzod Turdaliyevich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Bekzod Turdaliyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!