Talabalarimiz ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz shahar IIBning narkotik moddalarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan davra suhbati oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, narkojinoyatchilikning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, bu borada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, shuningdek Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Mutaxassislar yoshlarni hushyorlik va ogohlikka, sog‘lom va maʼrifatli hayot tarziga chorlab, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bilan oʻrtoqlashdilar.