TerDUda “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kursi tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig'iga muvofiq universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida 10 soatlik maxsus kursi o‘qitilmoqda.
Maxsus kurs O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur va o‘quv qo‘llanma asosida olib borilyapti.
Maxsus kurs mashg'ulotlarini olib borishga Yuridik hamda Tarix fakultetining malakali professor-o'qituvchilari jalb qilindi.
Maxsus kurs talabalarda:
Prezident nutqlarida ilgari surilgan asosiy g‘oyalarni chuqur tahlil qilish, xalqaro munosabatlar oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, barqaror rivojlanish va tinchlik konsepsiyalarining mazmunini anglash kabi kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.