Markaziy Osiyo davlatlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro yuridik konferensiyada Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
2025-yil 2-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlarining yurisprudensiya yo‘nalishidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida yuridik konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurash va aktivlarni qaytarish masalalariga bag‘ishlandi.
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari mazkur konferensiyada faol ishtirok etib, ingliz tilida taqdimotlar qilishdi. Ular Buyuk Britaniyaning korrupsiya asosida orttirilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha tajribasini o‘rganib, ushbu sohadagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga oid takliflarini taqdim etdilar. Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ishtirokchi jamoalar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, ilgari surilgan takliflar va yondashuvlar tadbirning mazmunini yanada boyitdi hamda talabalarning yuksak bilimi va salohiyatini namoyon qildi.