Termiz davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o'qituvchisi Axmedov Alim Babaniyazovich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Marketing" ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqaning investitsion jozibadorligini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Alim Babaniyazovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!