Bugun, 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida madhiyamiz tantanali ijro etildi.
TerDU professor-o‘qituvchilari va talabalar jamoasi bugungi muhim sana munosabati bilan bir vaqtning o‘zida madhiyani ijro etib, milliy qadriyatlarimizga, istiqlol ramzlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiqodini yanada yuksaltirdi.
Milliy madhiyamiz doimo baralla yangrab, yuraklarda faxr va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishda davom etsin!