🟢Xabaringiz bor, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan, Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasm, eng yaxshi videorolik tanlovlari tashkil etildi:
🟢Talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, huquqiy madaniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan bilimlar bellashuvi natijalari quyidagicha.
🥇1-oʻrin “Yuridik” fakulteti jamoasi;
🥈2-oʻrin “Tarix” fakulteti jamoasi;
🥉3-oʻrin “Yoshlar ittifoqi” jamoalari munosib deb topildi.
🟢“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” va “Biz tahsil olayotgan taʻlim muassasada korrupsiyaga oʻrin yoʻq!” mavzularidagi insholar tanlovi natijasi.
🥇1-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Saidmurodova Dinora;
🥈2-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Ochilova Mohinur;
🥉3- oʻrin Oʻzbek filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Soatova Sarvinoz.
🟢“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” va “Biz tahsil olayotgan taʻlim muassasada korrupsiyaga oʻrin yoʻq!” mavzularidagi rasmlar tanlovi natijasi.
🥇1-oʻrin Milliy libos va sanʻat fakulteti rangtasvir (dastgohli) taʻlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Bekkeldiyev Jonibek;
🥈2-oʻrin Milliy libos va sanʻat fakulteti dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) taʻlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi Toʻrayev Saidbek;
🥉3-oʻrin Milliy libos va sanʻat fakulteti dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) taʻlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Botirova Dilnuraga nasib etdi.
🟢“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” va “Biz tahsil olayotgan taʻlim muassasada korrupsiyaga oʻrin yoʻq!” mavzularidagi eng yaxshi videorolik tanlovi natijasi
🥇1-oʻrin Yuridik fakulteti;
🥈2-oʻrin Oʻzbek filologiyasi fakulteti;
🥉3-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti.
✅Maʻlumot oʻrnida Korrupsiya qarshi kurashish oyligi doirasida tashkil etilgan turli tanlovlar orqali 1500 dan ortiq talabalar qamrab olindi. Bundan tashqari har bir fakultetda “Halollik soati” interaktiv suhbatlar tashkil etildi.