Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti Qodirova Muqaddas Tog‘ayevna Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillari biznes diskursining kompleks tahlili va tizimlilik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Muqaddas Tog‘ayevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!