TerDU tarixida yangi sahifa – talabalarimizdan bayram tuhfаsi!

Jizzax shahri mezbonligida o‘tkazilayotgan “Birinchi ligaga o‘tish turniri” musobaqasidan quvonchli xabar!

Maʼlumki, O‘FA tomonidan har yili tashkil etiladigan mazkur turnirda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 2-liga chempionlari hamda “Kubok egalari kubogi” g‘olibi ishtirok etadi.

Joriy yilgi musobaqada viloyatimiz sharafini himoya qilgan TerDU-2 jamoasi — Jizzaxda kechgan bahslarda yuksak mahorat ko‘rsatib, “Birinchi liga”da ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

Bu — universitetimiz sport tarixidagi yana bir muhim marradir.

Maʼlumot o‘rnida bugungi kunda TerDUning ikki professional jamoasi 

TerDU (respublika 1-ligasi ishtirokchisi, Pro-ligaga yo‘llanma uchun kurashmoqda)

TerDU-2 (endi Birinchi liga vakili)

— yurtimiz maydonlarida vohamiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda.

💫Biz o‘z jamoalarimiz bilan faxrlanamiz! Keyingi uchrashuvlarda ham ularga omad, g‘alaba va baland parvozlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 76

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 55

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 65

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil