Sport faoliyati fakulteti 1-kurs talabasi Xudoynazarov Hasan 2025-yil 30-noyabr – 5-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Para suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida yuksak natija qayd etdi.
Hasan musobaqaning bir nechta yo‘nalishlarida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, nafaqat fakultetimiz, balki butun universitetimiz sha’nini yuksaltirdi:
🥇50 m kroll
🥇200 m kompleks
🥇 400 m kroll
🥇 100 m kroll
🥇 50 m butterfly
✅Bu g‘alaba — Hasanning tinimsiz mehnati, qat’iyati va matonatining yorqin samarasidir.

TerDU jamoasi nomidan Xudoynazarov Hasanni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!