TerDU professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetining Milliy libos va san’at fakulteti hamda Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari QS reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan Satbayev universiteti hamda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida bo‘lib qaytdilar.

Tashrif davomida:

Professor-o‘qituvchilarimiz ushbu nufuzli universitetlar talabalari va pedagoglari uchun maxsus ma’ruzalar tashkil etdilar.

Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Ta’lim jarayonini tashkil etish borasidagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari hamda ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi.

O‘sh davlat universiteti va Termiz davlat universiteti o‘rtasida san’at, texnika va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida talabalarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 51

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 56

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 49

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil