Konstitutsiya bayrami — tantanali taqdirlash marosimi!

Termiz davlat universiteti yuridik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan “Konstitutsiya — xalq manfaatlari ifodasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy kechada eng hayajonli onlardan biri — g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Konstitutsiya oyligi doirasida tashkil etilgan olimpiada va maqolalar tanlovi g‘oliblari sahnaga taklif etilib, ularga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi. Bu jarayon talabalarga katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, adolat va qonun ustuvorligini targ‘ib etuvchi mazmunli tadbirning eng yorqin lahzasiga aylandi.

Shuningdek, tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarga Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, demokratik tamoyillari hamda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardagi ahamiyati keng yoritib berildi. Orkestrning jonli ijrosi esa kechaga o‘zgacha bayramona kayfiyat ulashdi.

🇺🇿Bosh Qomusimiz — xalqimizning irodasi va kelajakka bo‘lgan ishonchining timsoli!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 45

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 36

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil