TerDU fakultetlarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining“ 33 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yuridik fakultetida talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdonlari” mavzusida tanlov o‘tkazildi. Bundan tashqari fakultetining professor - o‘qituvchilari va talabalari harbiy qismlarda “ Konstitutsiya- adolat tantanasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishmoqda. 

Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan Milliy libos va san’at fakultetida ham qator tadbirlar tashkil etildi. 
Orkestr tomonidan Vatan ruhini aks ettiruvchi kuylar ijro etildi. 
Fakultet xonandalari Vatan va istiqlol mavzusidagi qo‘shiqlar bilan chiqish qildi. 
Rassom talabalari tomonidan Konstitutsiyaning 33 yilligiga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi. 

Sport faoliyati fakultetida o‘tkazilgan tadbirda talabalarga Konstitutsiyaning mamlakat taraqqiyoti va jamiyat barqarorligida tutgan o‘rni va ahamiyati xususida ma’lumotlar keltirildi. Jangovar chiqishlar tashkil etildi. Qator sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bilim va Vatanga muhabbatni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 41

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil