🟢Bugun rektorimiz Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar, issiqxona va kafedralar faoliyati o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, fakultetning ilmiy va pedagogik salohiyatini baholash, KPI natijalari, xalqaro hamkorlik va talabalar bilan ishlash tizimini tahlil qilishga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda prorektorlar, boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Fakultet bo‘yicha asosiy ma’lumotlar
Tabiiy fanlar fakultetida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi: Botanika, Zoologiya, Geografiya va Ekologiya va Tuproqshunoslik. Fakultetda jami 46 nafar asosiy, 5 nafar ichki va 1 nafar tashqi o‘rinbosar professor-o‘qituvchi ishlamoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati — 62,3%.
🟢Maʼruzada keltirilishicha topshiriqlar sifatida ayrim muammolar mavjud:
🟢Ko‘plab topshiriqlarda aniq maqsad ko‘rsatilmagan;
🟢Baholash mezonlari yetarli emas;
🟢Nazariy bilim bilan uzviy bog‘lanmagan;
🟢Sun’iy intellekt yordamida tez bajariladigan yoki takroriy topshiriqlar ko‘p.
A.Toshqulov topshiriqlarni to‘g‘ri qo‘yish o‘quv jarayonining eng muhim bo‘g‘ini ekani, ular talabalarda mustaqil fikrlash, tahlil va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishi lozimligini alohida ta’kidladi.
🟢2025 yilda fakultet KPI platformasiga 321 ta ma’lumot kiritgan bo‘lsa-da, 96 tasi rad etilgan. Videodarslar soni juda kam. Scopus maqolalari, patentlar va grantlar soni yetarli emas.
🟢Shu bilan birga, fakultet xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha 200% natija qayd etdi, universitetning xalqaro loyiha va grantlarida faol ishtirok etdi.
🟢Biologiya yo‘nalishi bo‘yicha Indonesiya bilan qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan.
“Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarur.
🟢Yig‘ilishda yakunida fakultet oldida turgan:
🟢O‘quv topshiriqlar sifatini tubdan yaxshilash;
🟢Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
🟢KPI ko‘rsatkichlarini oshirish;
🟢Talabalar o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish;
🟢Xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olindi.