Bugun A.Toshqulov “Saxovat” mahallasida joylashgan akademik litsey o‘quvchilari hamda Tabiiy fanlar fakulteti talabalari uchun bunyod etilgan 9 qavatli, 800 o‘rinli 8-son Talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur zamonaviy yotoqxona 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi oldidan tantanali ravishda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Tashrif davomida rektor TTJning jihozlanish jarayonlari, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishib, binoning mazmun-mohiyatini yanada boyitishga doir ko‘rsatmalar berdi.
Shu bilan birga, yotoqxona hududida talabalar uchun qulay infratuzilma tashkil etish sport maydonchalarini barpo etish vazifalar belgilab olindi.